So’nggi yangiliklar

08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0

17 iyu 14:10
Yangiliklar

Tennis

Tennis bo'yicha navbatdagi master-klass Jizzaxda tashkil etildi

Teglar :  Tennis
Bundan bir necha kun oldin poytaxtimiz Toshkent shahrida tennis ihlosmandlari uchun master-klass tashkil etilgandi.

Ana shundan tadbirlardan biri bu safar Jizzax viloyatida o'tkazildi.

Jizzax viloyat sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi viloyatda faoliyat ko'rsatuvchi qator sport federaciyalari bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Buning natijasida jizzaxlik sportchilarning respublika chempionati va kubok bahslaridagi natijalari sezilarli darajada oshmoqda.

Joriy yil 16 iyul kuni mazkur sport maktabi tarbiyalanuvchilari uchun tennis bo'yicha O'zbekiston chempionlari, bir qancha xalqaro turnirlar ishtirokchisi Abbos Ergashev hamda Zarnigor Dostonovalar ishtirokida mahorat saboqlari tashkil qilindi.

O'tkazilgan mahorat saboqlarida dastlab murabbiylar tennis sport turining tarixi va buguni xususida, qolaversa, o'zlarining sportda erishgan natijalari to'g'risida yoshlarga so'zlab berishdi. So'ngra sport bilan endigina shug'ullana boshlagan yoshlarga raketka va koptok bilan ishlash kabi  tennisning boshlang'ich elimentlaridan ko'nikmalar berdilar.


O'ylaymizki, bunday ibratli tadbirlar jizzaxlik umidli tennischilarning kelgusidagi bahslarda o'zining ijobiy samarasini ko'rsatadi.

Ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi rahbar va murabbiylari boshqa sport federaciyalari bilan ham xuddi shunday hamkorlikda mahorat saboqlarini tez-tez o'tkazib borishni rejalashtirib olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing