12 jan 15:19
Yangiliklar
Tennis
Tennis Oklenddagi tennis turnirida tengsiz
Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida tennis bo'yicha ATP tasnifidagi turnir yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik Tennis Sangren britaniyalik Kemeron Norriga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 18 daqiqa davom etgan uchrashuvda sezilarli ustunlikka ega bo'lgan Sangren 6:4, 6:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Tennisga 90 990 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar