30 jan 17:28
Yangiliklar
Tennis
Tennischi matbuot anjumaniga chaqaloq bilan kirib keldi + FOTO
Avstraliyalik tennischi Eshli Barti yarim finalda Sofiya Kenindan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumaniga chaqaloq bilan kirib keldi.
"U kim?" degan savolga Barti quyidagicha javob berdi:
"U mening jiyanim, hozir to'rt oyda. U hozir hayotimda eng asosiy o'rinda. Ismi Oliviya, uni o'zi ham ayta oladi. Endi men faqat tennisga emas, hayotga ham kengroq nazar tashlayapman. Mag'lubiyatimdan so'ng tabassum qildim, chunki uni ko'rib turgandim. Darrov borib Oliviyani quchoqlab oldim, shuning uchun barchasi joyida", - deya javob qaytardi jahonning birinchi raketkasi Barti.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar