So’nggi yangiliklar

14:58Пётр Ян илк камар ҳимоясини қачон ўтказишини айтди 0 14:37Одилхон энди Грузияда жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:16"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди 0 13:55Шон Стрикленд: "Хамзат Имавовни енгиб, яна 1,5 йил "уйқу"га кетади" 0 13:33Ислам Махачев: "Реваншга лойиқ бўлиш керак, у ҳали тайёр эмас" 0 13:04Даниил Ейбогнинг Олимпиададаги сўнгги стартидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:41"Реал Мадрид" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр 0 12:20Ислам Махачев энди элчи (ФОТО) 0 11:56Ўзбекистон делегацияси Милан ва Кортина-2026 қишки Олимпиадасидаги иштирокини якунлади 0 11:29Саидёқуб Қаҳрамоновнинг жанги расман тасдиқланди, рақиб ҳам маълум (ПОСТЕР) 0 10:54Чемпионлар Лигаси 1/16 финалининг биринчи ўйинлари бўйича “Ҳафта ўйинчиси” мукофотига номзодлар маълум 0 10:33Тайсон Фьюри: "Ҳамма мендан юз ўгирди" 0 10:12Бу қизиқ! Проф бокс юлдузларини мағлуб этган ҳамюртларимизни биласизми? 0 09:51Милан ва Кортина-2026. Норвегия медаллар жамғариш бўйича якка пешқадам! 0 09:30ОЧЛ 2. "Ал Аҳли" ва "Ал Насср" ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олди 0

16 iyu 09:20
Yangiliklar

Tennis

Tennischi qizlarimiz "Billi Jin King kubogi"ni muvaffaqiyatli boshlashdi

Kecha Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan "Milliy tennis markazi"dagi xard kortlarida tennis bo'yicha ayollar terma jamoalari o'rtasida "Billi Jin King kubogi" ananaviy musobaqasining Osiyo-Okeaniya II guruh bahslari boshlandi.

Avval xabar berganimizdek, musobaqada O'zbekiston ayollar tennis terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

11 ta jamoadan iborat Osiyo-Okeaniya II guruhi uchta kichik guruhga bo'lingan holda tashkil etilmoqda. O'zbekiston terma jamoasi qura natijalariga ko'ra, C guruhidan o'rin olgan. U erda vakilalarimizga mezbon Malayziya, Qirg'iziston va SHri-Lanka termalari raqib bo'ladi.

Tarkibimizda Darya SHubina, Sabrina Olimjonova, Maftunabonu Qahramonova, SHahnoza Marimova hamda Zlata CHinnova bor, tajribali Oqgul Omonmurodova esa jamoa sardori.

Kecha terma jamoamiz guruhdagi ilk o'yinini SHri-Lankaga qarshi o'tkazdi. Yakkalik bahslarida Sabrina Olimjonova Razik Sajidani (6:0, 6:3), Darya SHubina Rukshika Vijesoriyani (6:2, 6:2) hisobida taslim etdi. Juftlik bellashuvida esa Maftuna Qahramonova/SHahnoza Marimova tandemi Dinara De Silva/Tuvini De Alvis juftligidan ustun keldi (6:1, 6:3).

SHu tariqa, tennischilarimiz ilk bahsda SHri-Lankani 3:0 hisobida mag'lub etib, guruh peshqadamiga aylandi.  Ikkinchi bellashuvda Malayziya qo'shnilarimiz — qirg'izistonliklarni 2:1 hisobida engdi.

Bugun termamiz aynan Qirg'istonga qarshi kortga chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing