So’nggi yangiliklar

18:52Асу Алмабаев рейтингда жангсиз кўтарилди 0 18:31Патрик Виейра қозоқ жамоасини бошқариши мумкин 0 18:10UFC Fight Night 269 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 17:49Mangu Лигаси Octagon League'нинг ўзбекистонлик собиқ чемпиони билан шартнома имзолади + ПОСТЕР 0 17:28Ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон чемпионати ғолиблари аниқланди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 17:07Терма жамоамизнинг икки футболчиси Тошкент жамоасида машғулот олиб бормоқда 0 16:46О`Мэлли Двалишвилидан мағлубияти ҳақида: "Бўйи 165 см дан паст одамга ютқазиш шармандалик" 0 16:25Дана Уайт: "Боксда энг қолоқ омадсиз ва аблаҳлар ишлайди" 0 16:04"Исроил ва Трампдан миннатдорман" — Стрикленд UFC Freedom 250 кардида йўқлиги ҳақида 0 15:43"Арсенал" ва "Барселона" германиялик футболчи учун курашмоқда 0 15:22Шаҳрам Ғиёсов: "Мен жанг қилишга тайёрман, лекин у тайёр эмас!" 0 15:01Ронда Роузи: "Оқ уйдаги UFC карди - ахлат!" 0 14:40Слаломда эшкак эшувчиларимиз Таиланддаги иккита турнирда 13 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 14:19Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Элит ОЧЛ учрашувида ишлайди 0 13:58Адесанья Перейра - Ган жангида нокаут бўлишини тахмин қилди 0

27 dek 12:38
Yangiliklar

SHaxmat

"Tentak Federaciya". SHaxmatchimizning AQSHga jo'nab ketishi bloger nigohida

Bundan bir necha kun oldin saytimiz orqali shaxmatchimiz Gulruhbegim Tohirjonovaning AQSHga yo'l olgani va endi ushbu mamlakat federaciyasi azosi ekanligi haqida xabar qilgandik.


Grossmeysterimiz endi AQSH terma jamoasi sharafini himoya qiladi + FOTO

Ushbu mavzu bloger Aziza Umarova etiboridan ham chetda qolmadi va ushbu mavzuga o'z munosabatini bildirdi.

Quyida ushbu postning o'zbek tilidagi tarjimasini etiboringizga havola qilamiz.

"Uch opa-singil, Nafisa, Hulkar, va Gulruhbegim, grossmeysterlar tarixi. OAV kichik qiz Gulruhbegim AQSH milliy terma komandasi azoligiga kirgani haqidagi yangiliklar bilan shov-shuv ko'tardi. Ushbu post aslida voqealar rivoji qanday tus olganligini o'quvchiga etkazish uchun yozildi. 

1) Tasavvur qiling, Qo'qonda, oddiy bir oilada uch qizaloq dunyoga keladi. Uchchala qizga ham dastlab otaning o'zi shaxmat saboqlarini o'rgatib boradi va keyinchalik ularni murabbiylarga topshiradi. SHaxmatdan tashqari qizlar ingliz tili, musiqa va boshqa to'garaklar bilan shug'ullanib borishadi. Oila boshliqlari ularni har sohada qo'llab-quvvatlab borishadi. 

2) Tung'ich farzand, Nafisa, O'zbekistondagi ilk xalqaro toifadagi ayol grossmeyster unvoniga sazovor bo'ladi. O'z vaqtida Karimov unga Apple kompyuterini ham sovg'a qilgan edi. 

3️) Qizlarning otasi tadbirkor va u qizlarining to'garak mashg'ulotlari, xalqaro turnirlarga borish xarajatlarining hammasini o'z yonidan qoplab borgan. Bu anchagina mablag' talab qilgan. SHaxmat Federaciyasi rahbarining ham qizi bor, u ham barcha shaxmat turnirlarida qatnashib keladi. Lekin u doim opa-singillarga yutqizib kelgan. SHundan Federaciya va opa-singillar o'rtasida munosabatlarga sovuqchilik tusha boshlagan. 

4️) 2007-yilda Nafisa ilk bor ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatiga chiqadi va bu uning 2008-yilda Osiyo va 2010-yildagi Osiyo o'yinlarida kumush medallar olishiga turtki bo'ladi. 

5) Federaciya bilan zimdan munosabatlar sovuqlashishi kuchayib ketishiga 2014 yilda uchchala opa-singilning ham (eng kichik qiz, Gulruhbegim, o'sha paytda sport ustasi edi) reyting bo'yicha Olimpiada o'yinlariga chiqishi sabab bo'lgan. 


Mavzuga aloqador: Hulkar Tohirjonova Gulruhbegimning AQSHga ketishi, fuqarolik va federaciya munosabati haqidagi savollarga javob berdi


6) Yurtimizning birinchi doskasi Nafisa shundoq ham musobaqaga borishi tayin edi, lekin qolgan ikki singilning reyting natijalari yuqori bo'lsa ham Federaciya ularning musobaqaga borishiga taqiq qo'ydi. Ulardan faqat biri Olimpiadaga bora olar edi. Bunga na tushuntirish, na yozma bayonot berishdi. Bundan norozi bo'lgan opa-singillar Federaciyaga ochiq chempionat o'tkazish va haqiqiy munosib nomzodni aniqlash taklifini berishdi. Federaciya buni rad qildi. SHunda opa-singillar hech birimiz unda bormaymiz degan poziciyani tanlashdi. 

7) Qizlar keyingi yillarda ham ko'p musobaqalarda o'rinlar olishdi, hatto kenja qiz Gulruhbegim Jahon chempionatida yarim finalgacha bordi. Bu O'zbekiston tarixida bo'lmagan holat edi. Lekin uni aeroportda hech kim kutib ham olmadi, hech qanaqa kvartira yoki mashina kaliti ham topshirilmadi. Bularning barchasiga Federaciya tasiri bo'lsa kerak. CHunki qizlarning barcha g'alabalari soya ortida qolib ketar edi. 

8) Endi Gulruhbegimga omad kulib boqib u AQSHda o'qish uchun grant yutdi, uning mashg'ulotlari va klub uchun o'yinlari xarajatlarining barchasi qoplab beriladigan bo'ldi. Hech bir Federaciya unga to'sqinlik qilmaydi. G'alabaga bo'lgan imkoniyatlar keng. 

9) Men bizda shunday talantlarni qadrlashmayotganlaridan juda afsuslanaman, lekin aynan shu ajoyib opa-singillar qachondir Qo'qonda, oddiy o'zbek oilasida dunyoga kelganidan juda ham faxrlanaman. Ular qaerda o'rin olishmasin, ular o'zbek qizlari bo'lib qolishadi. Qolgani sport mutasaddilarining aybi. 

- Ota - Mo'minov Alisher Tohirovich - tillo odam. 

Biz sizlar bilan faxrlanamiz, qizlar, siz millatning faxrisizlar. 

Aziza Umarova

Tarjima: @tentakminds

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
28 dek 16:44:21
Bexzod Xoldarov
Xa afsus afsus.Xoramxurlari ko'p bolgan yurtda yashayabmizda.Unaqangi amaldorlarni ollox o'zi jazolasin.
   
27 dek 13:33:43
Mmm
Блааа тасавур кб бомиди мана узбекистонда йошларни коллаб куватлаш шунака йбанла толиб йотибди узбекистонда шахсан озим гувох болганман унакала хамма йерда бор шахмат фудбол бокс
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing