23 iyu 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Terens Krouford yangi vaznga o'tishni sabrsizlik bilan kutmoqda
Terens Krouford Isroil Madrimov bilan birinchi o'rta vazn toifasida jang qiladi.
"Men juda hayajondaman. Yana ringga chiqib, tarix yaratishni sabrsizlik bilan kutyapman. Tanam kattalashmoqda va o'zim ham qariyapman. Yarimo'rta vaznda qolish qiyin. Tepaga qarab harakat qilish kerak.
Birinchi o'rtas vazn toifasida men uchun eng qiyini nima bo'lishini bilmayman. Tanam buni qanday his qilishidan xam xabarim yo'q, ammo buni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Terens Krouford.
Eslatib o'tamiz, 4 avgust kuni Isroil Madrimov va Terens Krouford o'rtasida bo'ladigan to'qnashuv hamyurtimiz jang qiladigan birinchi o'rta vazn toifasida o'tkaziladi. Bungacha Krouford o'z janglarini bitta past vaznda - yarimo'rta vazn toifasida o'tkazayotgandi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar