So’nggi yangiliklar

19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0 13:26"UFC доғистонликлар билан бошқа шартнома имзоламаяпти деб эшитдим" - собиқ чемпион 0 12:41Here WE Go. "Реал" навбатдаги трансферни ҳал қилди 0 12:16WBC Усикнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини маълум қилди 0 10:59Велоспорт бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси жиддий автофалокатга учради 0 10:07Отабек Холматовнинг WBC рейтингидаги ўрни янгиланди 0

04 iyu 09:49
Yangiliklar

Taekvondo

Terma jamoamiz Harbiylar o'rtasidagi Jahon chempionatida tengsiz bo'ldi!

1-3 iyun kunlari Koreya Respublikasining Mungyong shahrida taekvondo WT bo'yicha Harbiylar o'rtasida 27-jahon chempionati o'tkazildi.

Musobaqada dunyoning yigirmadan ortiq mamlakatidan kelgan 300 nafardan ziyod sportchi g'oliblik yo'lida dayanga chiqdi. Uch kun davom etgan jahon chempionatida O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ham barcha vazn toifalarida to'liq tarkibda ishtirok etdi.

Quvonarlisi, musobaqa yakuniga ko'ra, sportchilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.

G'olib va sovrindorlar:

Oltin

Ulug'bek Rashitov (68 kg) 

Jasurbek Jaysunov (80 kg)

SHuxrat Salaev (87 kg)

Nikita Rafalovich (+87 kg)

Feruza Sodiqova (62 kg)

Gulsanam Alijonova (73 kg).


Kumush

Madina Mirabzalova (57 kg)

Svetlana Osipova (+73 kg).


Bronza

Samira Adashalieva (46 kg)

Zuxra Tojimatova (49 kg)

Marjona Primova (53 kg) 

Ozoda Sobirjonova (67 kg).

Eng muhimi, erkaklar terma jamoamiz ham, ayollar terma jamoamiz ham musobaqada Eron, Koreya Respublikasi kabi kuchli mamlakatlar terma jamoalarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing