So’nggi yangiliklar

23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0 17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 15:11Хабиб Роналдунинг терма жамоадан кетиши ҳақида: "Унга қилинган муносабатни бир сўз билан ифодалаб бўлмайди" 0 14:40Муросасиз кечаётган самбо бўйича жаҳон чемпионати беллашувларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 14:09Фабио Каннаваро: “Мақсадим ва орзуим — Италия терма жамоасини бошқариш” 0 13:38"Уни шунчалик ҳурмат қиламанки, юзига яна зарба бера олмайман" - Топурия собиқ рақиби ҳақида 0 13:07"Жастин ҳеч ким эмас. У ҳеч нарсани ҳал қилмайди". Топурия Гэтжи билан реванш ҳақида фикр билдирди 0

04 okt 08:15
Yangiliklar

Kurash

Termiz mezbonligidagi katta kurash bayramiga oz qoldi

15-19 oktyabr kunlari dunyo kurash jamoatchiligining diqqat etibori Termiz shahriga qaratiladi.

Xalqaro Kurash associaciyasi taqvimidan o'rin olgan yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqalarini Termiz shahri o'zida qabul qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun World Series Pro xalqaro turnirining final bosqichi va Al Hakim At-Termiziy  xalqaro turnirlarida sayyoramizning eng kuchli va sara polvonlari bahslarga kirishadi.

Dastlab, kurash bayramini World Series Pro xalqaro turniri boshlab beradi. Ikki yildan beri ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan mazkur turnirning final bosqichiga Osiyo, Evropa, Afrika va Panamerika qitasidan saralangan 80 nafar kurashchilar gilamga chiqadi.

Bu yildan boshlab mazkur turnirning vazn toifalari 10 tani tashkil etadi. IKA reyting tizimiga ko'ra har bir vazn toifasida eng yuqori reyting ballariga ega 8 nafar kurashchi final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega. Reyting ballari esa yil davomida o'tkazilgan qitaviy chempionatar, xalqaro turnirlar va so'ngi jahon chempionatida erishgan natijalariga asosan belgilanadi.

16-17 oktyabr kunlari Termiz shahridagi "Alpomish" stadionida bo'lib o'tadigan World Series Pro turnirining umumiy sovrin jamg'armasi 170 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Har bir vazn toifasida 1-o'rin sohiblariga 10 000 AQSH dollari, 2-o'rinni qo'lga kiritganlar 5 000, 3-o'rin egalari esa 1000 AQSH dollari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bahslar erkaklar o'rtasida -66, -73, -81, -90, -100 va +100 kg, ayollarda esa -52, -63, -78, +78 kg vazn toifalarida bo'lib o'tadi. Kurash bayramining yana bir nufuzli musobaqasi bahslari esa 18 oktyabr kuniga belgilangan.

Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim At-Termiziy xalqaro turnirining umumiy sovrin jamg'armasi 130 000 AQSH dollarini tashkil etadi.

Mutloq vazn toifasi g'olibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini 20 000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi. SHuningdek, mutlaq vazn 2-o'rin sohibi 10 000, 3-o'rin sohiblari 5000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritadi. SHuningdek, boshqa vazn toifalari g'oliblari 5000 AQSH dollari, ikkinchi o'rin sohiblari 2500, 3-o'rin egalari 1000 AQSH dollari mukofotlari bilan taqdirlanadi.

IKAning barcha milliy federaciyalariga mazkur turnirda ishtirok etish huquqi berilgan. Termiz shahri mezbonligidagi kurash bayrami doirasida Xalqaro Kurash associaciyasining Boshqaruv qo'mitasi yig'ilishi, Kurash murabbiylari va hakamlari uchun seminar va imtihonlar tashkil etishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing