30 jan 13:31
Yangiliklar
Tennis

Thailand Open. Mugurusa ikkinchi davraga yo'l oldi
Dunyoning 15-raketkasi Garbin Mugurusa Tailandda davom etayotgan WTA turnirini g'alaba bilan boshladi.
Ispaniyalik tennischi WTA reytingida bir kam 200-o'rinni egallab turgan germaniyalik Sabin Lisickini 6/3, 6/4 hisobida mag'lub etdi. Bir soatu 19 daqiqa davomida 25 yoshli Mugurusa bitta, 29 yashar Lisicki esa to'rtta eys zarbasini bera oldi.
Bu tennischilarning o'zaro ilk rasmiy uchrashuvi edi. Endi Garbin Mugurusa Thailand Open turnirining ikkinchi davrasida yana bir germaniyalik tennischi Mona Bartelga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar