28 okt 06:53
Yangiliklar
Tennis
Tim o'z davlatida o'tkazilgan turnir g'olibligini begona qilmadi
Avstriyaning Vena shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning beshinchi raketkasi, avstriyalik Dominik Tim reytingning 15-pog'onasidan joy olib turgan argentinalik Diego SHvarcmanga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda mezbon tennischi muxlislar olqishida raqibini 3/6, 6/4, 6/3 hisobida mag'lub etib, bosh sovrinni o'z mamlakatida olib qoldi.
Uchrashuv davomida 26 yoshli Tim 9 ta eys zarbasini amalga oshirdi. 27 yoshli SHvarcman esa bironta ham eys zarbasini bera olmadi. Avstriyalik tennischi o'zaro uchrashuvlarda endi 5:2 hisobida oldinda bormoqda. Tim Erste Bank Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun 500 reyting ochkosi hamda 474 295 evro mukofot puliga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar