24 mar 10:59
Yangiliklar
Titanlar kurashi. Karuana durang va u hamon peshqadam
28 mart kuniga qadar davom etadigan musobaqa g'olibi shu yilning noyabrida London shahrida o'tkaziladigan supermatchda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Peshqadam Karuana kecha o'tkazilgan 11-turda oq donalarda harakat qilishiga qaramay, rossiyalik Vladimir Kramnikni mag'lub eta olmadi. Uning eng yaqin taqibchisi ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov ham Uesli So bilan durang o'ynadi. Bu bilan o'rtadagi yarim ochkolik farq saqlanib qoldi.
11-tur natiajalari: Din Lijen – Grishuk 1/2-1/2, Uesli So – Mamadiyarov 1/2-1/2, Karuana – Kramnik 1/2-1/2, Aronyan – Karyakin 0:1
11-turdan keyingi holat: Karuana 7; Mamadiyarov – 6,5; Grishuk, Karyakin – 6, Din Lijen – 5,5; Kramnik - 5; Uesli So – 4,5; Aronyan - 3,5
12-tur (bugun): Grishuk – Aronyan, Karyakin – Karuana, Kramnik – Uesli So, Mamadiyarov – Din Lijen
Fikrlar