19 apr 16:57
Yangiliklar
Tokio-2020 engil atletika bahslarining taqvimi elon qilindi
Unga ko'ra engil atletika bahslari 31 iyul kuni erkaklar o'rtasida 20 kilometrga yugurish bellashuvi bilan boshlanib, 9 avgustda erkaklar o'rtasidagi marafon bilan yakunlanadi.
Mazkur Olimpiadada engil atletika taqvimining bir qator o'ziga xosliklari mavjud. Misol uchun, shosse yo'nalishida kechadigan bahslar mahalliy vaqt bilan tonggi 6 yoki undan avval boshlanadi. 400 metrga yuguruvchilar yakkalik, estafeta va aralash estafeta bahslarida ham ishtirok etishlari uchun taqvimga etibor qaratilgan. Eng asosiysi, ko'pchilik muxlislar uchun qiziq bo'lgan tomoshabop yo'nalishlarning final bahslari praym-taym vaqtiga qo'yilgan.
Eslatib o'tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar davom etadi. Engil atletika bo'yicha bellashuvlar 48 yo'nalishda o'tkaziladi. Bu esa Rio olimpiadasiga qaraganda 1 taga ko'p demakdir.
Fikrlar