29 apr 16:16
Yangiliklar
Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari
Tokio Olimpiya o'yinlari kelasi yili o'tkazilmasa, bekor qilinadi
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining tashkiliy qo'mitasi rahbari Yosiro Morining malum qilishicha, agar musobaqalar kelasi yil ham o'tkazilmasa, olimpiada bekor qilinadi.
«Olimpiya o'yinlari 2022 yilda aniq o'tkazilmaydi. Agar shunday bo'lsa, musobaqa bekor qilinadi. O'tgan safardagi Tokio olimpiadasi ham urush sababli bekor bo'lgandi. Hozir ham biz ko'zga ko'rinmas raqibga qarshi kurashmoqdamiz. Agar uni engsak, keyingi safar Olimpiya o'yinlarini o'tkazsak bo'ladi»,-dedi Mori.
Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari kelasi yilning 23 iyul-8 avgust kunlari bo'lib o'tishi lozim.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar