09 okt 13:00
Yangiliklar
Tennis

Tokioda kutilmagan natijalar, Goffen va Kirgios finalda!
Bugun Yaponiya poytaxti Tokio shahrida ATR 500 seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir yakunlanadi.
Sovrin jamg'armasi 1 368 605 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yarim finalida kutilmagan natijalar qayd etildi.
Turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan franciyalik Gael Monfis avstraliyalik Nik Kirgiosga ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi. To'rtinchi raketka, xorvatiyalik Marin CHilich esa belgiyalik David Goffinga 5:7, 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
1/2 FINAL:
David Goffen (Belgiya, 5) – Marin CHilich (Xorvatiya, 4) – 7:5, 6:4
Nik Kirgios (Avstraliya, 6) – Gael Monfis (Franciya, 2) – 6:4, 6:4
Havola :
Fikrlar