So’nggi yangiliklar

12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0

23 jan 16:16
Yangiliklar

Boshqalar

Tomas Bax Tokio Olimpiadasining qoldirilmasligi bo'yicha MOQ vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil qildi

22 yanvar kuni Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax boshchiligida Milliy olimpiya qo'mitalari (MOQ) rahbarlari ishtirokida videokonferenciya bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan Bosh kotib Oybek Kasimov hamda Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ishtirok etishdi. 

Videokonferenciyaning asosiy mavzusi Tokioda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik bo'ldi. Avvalo, XOQ prezidenti Tokio o'yinlarini keyinga qoldirish yoki bekor qilish bo'yicha reja ishlab chiqilayotgani to'g'risida tarqalgan malumotni rad etdi va bu malumot haqiqatga zid ekanini takidladi.

Xalqaro olimpiya qo'mitasi zudlik bilan Yaponiya hukumati bilan bog'lanib, mamlakat Bosh vaziridan elon qilingan malumot soxta ekanligi to'g'risida malumot oldi. XOQ rahbari bunga javoban Yaponiya tomonining tegishli bayonotini o'qidi:

O'yinlarning ochilish marosimi 2021 yil 23 iyulda bo'lib o'tadi. Barcha manfaatdor tomonlar musobaqani muvaffaqiyatli o'tkazish uchun birgalikda ishlashni davom ettirmoqdalar. Biz COVID-19 ga qarshi barcha choralarni amalga oshiramiz va XOQ, Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi va Tokio shahar hokimligi bilan barcha ishtirokchilar uchun xavfsiz muhitni yaratishda davom etamiz”.

Tomas Baxning takidlashicha, XOQda Olimpiya o'yinlari 2021 yil yozida bo'lib o'tishiga shubha qilish uchun hech qanday asos yo'q. SHuning uchun «B rejasi» ko'rib chiqilmaydi. Gap o'yinlarning Tokioda bo'lish-bo'lmasligida emas, balki qanday o'tishiga bog'liq.

Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashga hali ham asosiy etibor qaratilmoqda. Tashkilotchilar tomonidan ijtimoiy masofaga rioya qilish, chet ellik mehmonlar uchun karantin talablarini yumshatish, tomoshabinlarning tribunalarga kirishi va shu kabi masalalar ishlab chiqilmoqda. SHu munosabat bilan Yaponiya hukumati mamlakatda virus tarqalishining oldini olish bo'yicha astoydil ish olib bormoqda va 2021 yil o'rtalariga qadar mamlakat barcha aholisini vakcina bilan taminlashni maqsad qilib qo'ygan.

Videokonferenciya davomida sportchilarni emlash masalasiga alohida etibor berildi. XOQ prezidenti ushbu procedura o'yinlarning barcha ishtirokchilari uchun majburiy bo'lishini qatiy tavsiya qildi. SHu maqsadda, ushbu yo'nalishda delegaciyalarni mahalliy hokimiyat bilan yaqin hamkorlik qilishga chaqiradi va agar kerak bo'lsa, XOQ har qanday ko'makni berishga tayyor, shu jumladan, nafaqat sportchilarni, balki delegaciyaning boshqa azolarini ham emlashni moliyalashtiradi.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bilan faol hamkorlikni davom ettiradi. U tez orada malum vakcinalar bo'yicha siyosatni ishlab chiqadi va ulardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar beradi. SHu bilan birga, mahalliy hukumat emlash bo'yicha yakuniy qarorni qabul qiladi.

Videokonferenciya yakunida XOQ prezidenti Tomas Bax barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi va Milliy olimpiya qo'mitalari vakillari bilan navbatdagi onlayn uchrashuv bahor fasliga rejalashtirilganligini malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing