17 iyu 09:15
Yangiliklar
Tennis

Tomash Berdix ham Zika virusi sabab Olimpiadaga bormaydi
Sayyoramizning sakkizinchi raketkasi chexiyalik Tomash Berdix ham Rio Olimpiadasida ishtirok etmaslikka qaror qildi.
Bunga Braziliyada keng tarqalgan Zika virusi sabab bo'lmoqda. Tomash o'zining Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida muxlislardan uzr so'ragan.
“Bu qarorga kelish men uchun oson bo'lgani yo'q. Afsuski, shunday qilishga majburman. Olimpiada-2016 ishtirok etish masalasini uzoq o'yladim. Yakunda Zika virusi sabab Braziliyaga bormaslikni lozim topdim”, - dedi Berdix.
Eslatib o'tamiz, avvalroq tennischilardan ruminiyalik Simona Xalep, ukrainalik Aleksandr Dolgopolov, mashhur basketbolchilardan Rassel Uestbruk va Stefen Karrilar ham Zika virusi sabab Olimpiadada qatnashmaslikni lozim topishgan edi.
Havola :
Fikrlar