07 sen 09:10
Yangiliklar
Toni Fergyuson chempionlik kamarini sobiq futbolchidan himoya qiladi
"Misfits Boxing" tashkilotining o'rta vazn toifasidagi chempioni 26 sentyabr kuni Mayamida bo'lib o'tadigan turnirda o'z chempionlik kamarini himoya qiladi. Uning raqibi niderlandiyalik sobiq futbolchi Kenzo Biyong bo'ladi.
Futbolchilik faoliyatini juda erta yakunlagan Kenzo keyinchalik yunon-rum kurashi bilan shug'ullana boshlagan. U qisqa fursatda Niderlandiya chempioni bo'lib, milliy terma jamoaga qadar etib borgan. Keyinchalik esa jiu-jitsu bilan shug'ullangan. Joriy yilning aprel oyida 28 yoshli Biyong "UFC BJJ" ligasida 65,8 kg vazn toifasida debyut qilib, birinchi raunddayoq Rafael Ferreyradan bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchragan edi.
42 yoshli Toni Fergyuson 2025 yilning avgust oyida bloger Nataniel "Salt Papi" Bustamanteni uchinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etib, "Misfits Boxing"ning o'rta vazndagi vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. O'tgan yilning dekabr oyida esa aralash yakkakurashlar faxriysi Dubaydagi "Misfits Mania" turnirida Uorren Spenserni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, mutlaq chempion maqomiga ko'tarilgan edi.

Fikrlar