05 iyu 10:25
Yangiliklar
To'rt tennischimizdan faqat bir nafari Qozog'istondagi turnirning 1/4 finaliga etib keldi
Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada to'rt nafar tennischimiz ham o'z imkoniyatini sinab ko'rayotgandi. Ularning bari birinchi davradan muvaffaqiyatli o'tib olishgandi.
Afsuski, chorak finalga ulardan birgina Sergey Fomin yo'l oldi. O'zbekistonning ikkinchi raketkasi ilk davrada rossiyalik Boris Pokotilovni 6/0, 6/2 hisobida taslim etgandi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Fomin ikkinchi bosqichda yana bir rus tennischisi Ruslan Tyukaevdan ustun keldi - 3/6, 6/3, 6/3.
Amir Milushev turnirning ettinchi raketkasi, rossiyalik Maksim Jukovga 0/6, 0/6, Reytingga kirmagan yosh tennischimiz Rahimbek Ibrohimov yaponiyalik SHinji Hazavaga 2/6, 4/6, Maksim SHin esa yana bir Kunchiqar yurt vakili Kazuma Kavachiga 3/6, 6/0, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
ATP reytingida 615-o'rinni egallab turgan Sergey Fomin bugun yarim final chiptasi uchun rossiyalik Ivan Denisovga qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi reytingning 1123-pog'onasidan joy olgan.
Fikrlar