07 iyu 10:02
Yangiliklar
Tennis
To'rtinchi raketka London “Meyjori”da yutqazdi
Gollandiyalik tennischi Kiki Bertens Uimbldon turnirining uchinchi davrasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi bo'lib turgan Bertens WTA reytingida 54-pog'onadan joy olgan chexiyalik Barbora Strikovaga 5/7, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Kutilmagan natija bilan yakunlangan bahs 1 soatu 36 daqiqa davom etgan. Strikova o'zaro ikkinchi uchrashuvda ham nomdor raqibasidan ustun keldi. Endi Barbora nimchorak finalda belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar