19 noy 06:18
Yangiliklar
To'rtta gol kiritilgan Argentina - Urugvay o'yinida Messi va Suares darvozani ishg'ol qildi
"Blumfild" stadioni mezbonlik qilgan bahs 2:2 hisobi bilan o'z yakuniga etdi. Argentinaliklar safida Aguero Messining golli pasidan keyin gol urdi, Messining o'zi esa penaltidan o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Urugvay tarkibida esa Kavani hamda Suares gol urishdi. Luis hujumdagi sherigiga golli pas ham berdi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Argentina – Urugvay 2:2
Gollar: Serxio Aguero 63, Lionel Messi 90 (pen.) - Edison Kavani 34, Luis Suares 68
Argentina – Andrada, Peccelya, Otamendi, Talyafiko, Saraviya, Paredes (Nikolas Gonsales, 79), de Paul (Guido Rodriges, 88), Akunya (Nikolas Dominges, 68), Messi, Aguero, Dibala (Lautaro Martines 76).
Urugvay – Kampanya, Koates, Vinya, Godin, Kaseres, Valverde (Rodrigo Bentankur, 75), Vesino, Lozano (Brian Rodriges, 88), Torreyra, Suares, Kavani (Diego Lakslt, 56).
Ogohlantirishlar: Kavani (39), Paredes (40), Vesino (43), Godin (53), Gonsales (90).
Fikrlar