So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

10 okt 09:56
Yangiliklar

Tennis

Toshkent “CHellenjer”. Bugun Istomin eski tanishiga qarshi kortga chiqadi

Teglar :  TennisIstominBublik
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.

Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda bugun ikkinchi davra uchrashuvlari boshlanadi. Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi. 

Uning raqibi qozog'istonlik Aleksandr Bublik bo'ladi. Eski tanishlar uchrashuvi soat 12:00dan erta bo'lmagan vaqtda boshlanadi. Ayni paytda Denis ATP reytingida 87, Bublik esa 217-o'rinni egallab turibdi. Lekin qozog'istonlik tennischi Istomin uchun biroz noqulay raqib hisoblanadi. 

So'nggi bor bu ikki tennischi Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarining chorak finalida o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda Bublik issiq havo, aniqrog'i oftob urishi natijasida bahsni yakuniga etkaza olmagandi. Uchrashuv ikkinchi setning uchinchi geymidan so'ng to'xtatilgandi. 

Birinchi setda 6:1 hisobida zafar quchgan Denis ikkinchi setni ham 3:0 hisobida o'z foydasiga hal qilayotgan edi. Undan avvalgi ikki uchrashuvda Bublik g'alaba qozongan. Yana ham aniqrog'i, bitta bahsda hamyurtimiz kortga chiqa olmagan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing