12 okt 07:58
Yangiliklar
Tennis

Toshkent CHellenjer. Bugun Istomin yarim final chiptasi uchun kortga chiqadi
SHu kunlarda poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Toshkent “CHellenjer” turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning birinchi raketkasi hisoblangan Denis Istomin bugun chorak final uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibi belaruslik Vladimir Ignatik bo'ladi.
Ignatik chorak finalga qadar CHexiya va Serbiya tennisi vakillari Pavlasek hamda Petrovichni mag'lubiyatga uchratgan edi. Istomin esa avvaliga Farrux Do'stovni 6:7(3:7), 6:1, 7:5, keyin esa Aldin Setkichni 6:4, 6:1 hisobida taslim etgandi.
Taqqoslash uchun,
Istomin dunyo reytingida 51, Ignatik esa 193-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar
shu kungacha o'zaro uch marotaba to'qnash kelishgan. Uchchala bahsda ham Denis
Istominning qo'li baland kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar