14 okt 09:45
Yangiliklar
Tennis

“Toshkent CHellenjer”. Bugun yomg'ir sabab qoldirilgan o'yinlar o'tkaziladi
Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasi davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirning yakkalik bahslarida bugun yarim final uchrashuvlari davom ettiriladi. Kecha ushbu uchrashuvlar yomg'ir sabab to'xtatilgan edi.
Turnirning amaldagi g'olibi bo'lgan hamyurtimiz Denis Istomin xorvatiyalik Ivan Dodigga qarshi kortga chiqadi. Kecha ushbu bahs 3:1 hisobida Istominning foydasiga hal bo'layotgan bir pallada to'xtatilgandi.
Ikkinchi yarim final uchrashuvida o'tgan yilgi finalchi, slovakiyalik Lukash Lacko franciyalik Jeremi SHardiga qarshi bahs olib boradi. Kecha SHardi birinchi setda 5:4 hisobida oldinga chiqib olgan bir paytda uchrashuv to'xtatilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar