09 okt 17:08
Yangiliklar
Tennis

"Toshkent CHellenjer". Ismoilov ham ilk bosqichda yutqazib qo'ydi
Toshkentda tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "CHellenjer" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Bahslarda qatnashayotgan tennischilarimizdan biri Temur Ismoilov ilk bosqichda turnirning ikkinchi saralangan tennischisi hisoblangan italiyalik Tomas Fabbianoga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 4 daqiqa davom etgan o'yinda Fabbiano sportchimizni 6:3, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Qolgan tennischilarimiz ertaga yakkalik bahslarida o'z ishtiroklarini boshlaydilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar