11 okt 11:26
Yangiliklar

Toshkent CHellenjer. Istomin 2 580 dollar hamda 10 reyting ochkosi ishladi, hozircha
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib tennischi ana shu umumiy summadan 21 600 dollariga ega bo'ladi. Finalchi o'z hamyonini 12 720 dollarga boyitib oladi. CHempion 125, vice-chempion 75 reyting ochkosini qo'lga kiritadi.
Birinchi davrada zafar quchgan yagona tennischimiz Denis Istomin ushbu g'alabasi evaziga 2 580 dollar mukofot puli hamda 10 reyting ochkosiga ega bo'ldi. Bugun u ikkinchi bosqichda Bosniya va Gercegoviniya vakili Aldin Setkichga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, yarim finalga etib kelgan raketka ustalari 7 530 dollar sovrin jamg'armasi hamda 45 reyting ochkosini ishlab olishadi. CHorak finalchilarga 4 380 dollar hamda 25 ochko taqdim etiladi.
Fikrlar