14 okt 11:10
Yangiliklar
Tennis

Toshkent CHellenjer. Istomin 7 530 dollar va 45 ochko ishladi
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda tennis bo'yicha Toshkent CHellenjer turniri yakuniga etadi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Turnirda birinchi raqam ostida harakat qilgan hamyurtimiz Denis Istomin yarim finalda o'z yurishini to'xtatgan edi.
Dunyoning 51-raketkasi bo'lgan tennischimiz yakkalik bahslaridagi ishtirokidan 7 530 dollar mukofot puli hamda 45 reyting ochkosi ishlab oldi. G'olib tennischi 21 600 dollarga ega bo'ladi.
Finalda mag'lubiyatga uchragan tennischi esa o'z hamyonini 12 720 dollarga boyitib oladi. CHempion 125, vice-chempion 75 reyting ochkosini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar