11 okt 13:56
Yangiliklar
Tennis

"Toshkent CHellenjer". Istomin chorak finalga chiqdi
Toshkentda mukofot jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "CHellenjer" turniri bo'lib o'tmoqda.
Musobaqaning birinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan tennischimiz Denis Istomin turnirdagi ikkinchi o'yinida bosniyalik Aldin Setkichga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 05 daqiqa davom etgan o'yinda Istomin raqibini 6:4, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Endi u navbatdagi o'yinini Belorus vakili Vladimir Ignatikka qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar