14 okt 12:50
Yangiliklar

“Toshkent CHellenjer”. Istomin kuchli raqibni engib, yarim finalga chiqdi
Sovrin jamg'armasi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirning yakkalik bahslarida bugun chorak final uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Kecha ushbu uchrashuvlar yomg'ir sabab to'xtatilgan edi.
Turnirning amaldagi g'olibi bo'lgan hamyurtimiz Denis Istomin xorvatiyalik Ivan Dodigga qarshi kortga chiqdi. Kecha ushbu bahs 3:1 hisobida Istominning foydasiga hal bo'layotgan bir pallada to'xtatilgandi. Hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda Denis raqibini 6:4, 7:6, tay-brekda 15:13 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi yarim final uchrashuvida o'tgan yilgi finalchi, slovakiyalik Lukash Lacko franciyalik Jeremi SHardidan 4:6, 7:6(7:3), 6:4 hisobida ustun keldi. Aynan bugun Denis Istomin va Lukash Lacko o'rtasidagi yarim final bahsi bo'lib o'tadi.
Fikrlar