12 okt 13:43
Yangiliklar
Tennis

"Toshkent CHellenjer". Istomin yarim finalga chiqdi
Toshkentda tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida "CHellenjer" turniri bo'lib o'tmoqda.
Turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan tennischi Denis Istomin chorak final o'yinini o'tkazdi.
Ushbu o'yinda vakilimiz Belorus vakili Vladimir Ignatikka qarshi kortga chiqdi. 1 soat 11 daqiqa davom etgan o'yinda Denis 6:3, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi.
Endi u yarim finalda dunyoning 105-raqamli tennischisi, turnirda 4-tennischi sifatida saralangan ispaniyalik Gilermo Garsiya-Lopesga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
1 та таклифим бор сайтга аъзо бўлганлар ва сайт муҳаррирлари ўртасида мурожаатлар бўлимини ташкил этсаларизУ бўлимда таклифлар, ариза ва шикоятлар қабул қилинади. Хулоса қилиб айтганда сайт фаолияти доим муҳокамалар остида бўлади, бу эса келажакда сайт равнақига ўз хиссасини қўшмай қолмайди.