04 dek 13:34
Yangiliklar
Formula-1
Toshkent ilk bor mezbonlik qiladigan FIA Bosh Assambleyasi va FIA Awards marosimiga sanoqli kunlar qoldi (VIDEO)
12 dekabr kuni Toshkent shahri Xalqaro Avtomobil Federaciyasi (FIA) Bosh Assambleyasi va FIA Awards tantanali taqdirlash marosimiga mezbonlik qiladi.
Ahamiyatlisi, mazkur tarixiy tadbir Markaziy Osiyoda ilk bor o'tkazilmoqda.
FIA avtosportni tartibga soluvchi va yo'l harakati xavfsizligini targ'ib qiluvchi etakchi xalqaro tashkilotdir. Toshkentda o'tadigan tadbirlarda 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etib, unda global avtosport siyosati va qator masalalari muhokama qilinadi.
FIA Awards marosimida esa Formula 1, WPC, WEC, Formula E kabi yo'nalishlardagi eng yaxshi pilotlar va jamoalar taqdirlanadi. Mazkur tadbirda dunyoning eng taniqli yulduz poygachilari faxrli mehmon sifatida ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar