27 sen 13:02
Yangiliklar
Tennis

“Toshkent Open”. CHorak finalning uch ishtirokchisi malum
Poytaxtimiz tennis bo'yicha nufuzli “Toshkent Open” turniriga mezbonlik qilmoqda.
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida chorak finalning uch ishtirokchisi malum bo'ldi. “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnir g'olibasi rossiyalik Vera Zvonareva franciyalik Polin Parmenteni 6:2, 6:0 hisobida mag'lub etdi.
Ukrainalik Katerina Kozlova rossiyalik Ekaterina Aleksandrovadan 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi. Ukrainalik yana bir tennischi Katerina Bondarenko dunyoning 68-raketkasi yaponiyalik Nao Xibinoni 6:4, 7:5 hisobida taslim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar