So’nggi yangiliklar

11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0 10:14Португалия терма жамоаси Жезуш билан низодан сўнг Роналдунинг 980-голи фонида муносабат билдирди 0 09:43Жавоҳир Синдаров - Гукеш Доммаражу: ўйинларнинг тўлиқ тақвими расман маълум бўлди 0 09:04UFC Fight Night 290 тарози натижалари: уч жангчи вазн қила олмади, улардан бири ортиқча 3,4 кг тош босди 0 08:33Деонтей Уайлдер шу йил енгилмас жаҳон чемпиони билан жанг қилиши мумкин 0 08:02Терма жамоамиз Марокашга мағлуб бўлди 0 19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0

08 mar 19:47
Yangiliklar

Sambo

Toshkent sambo bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Teglar :  Sambo
Osiyo sambo uyushmasining virtual yig'ilishi tashkil etildi - unda Osiyo chempionati Toshkentda o'tkazilishi elon qilindi

Bu haqida O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kuni kecha Osiyo sambo uyushmasining navbatdagi onlayn yig'ilishi tashkil etildi. Unda tashkilot rahbariyati, ijroqo'm azolari va milliy associaciyalar vakillari ishtirok etishdi. 

Virtual yig'ilish davomida Osiyo sambo uyushmasi prezidenti Alamjon Mullaev tomonidan yil davomida o'tkaziladigan muhim musobaqalar rejasi tanishtirib o'tildi. Bundan tashqari, sambo sporti 2025 yili Toshkentda o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilayotganligi malum qilindi. Ushbu yangilikni Osiyo sambo oilasi mamnunlik bilan qarshi oldi. 

Qolaversa, biz uchun yana bir ahamiyatli jihati, 2021 yilgi Osiyo chempionati iyun oyida Toshkentda o'tkaziladigan bo'ldi. Aslida mazkur musobaqaga belgilangan reja bo'yicha Indoneziya mezbonlik qilishi lozim edi. Ammo shu yili tashkil etiladigan sohil o'yinlari sabab, ushbu musobaqani boshqa mamlakatga ko'chirishga qaror qilindi. Unga ko'ra, Osiyo chempionati mezbonligi uchun O'zbekiston sambo associaciyasi tomonidan berilgan ariza qabul qilindi. SHu sababli, iyun oyida o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatini Toshkentda o'tkazish taklifi o'rtaga tashlandi. Yig'ilish ishtirokchilarning aksariyat qismi ushbu taklifni qo'llab-quvvatlashdi. SHu tariqa, bu yilgi Osiyo chempionati poytaxtimiz Toshkentda o'tkaziladigan bo'ldi. Bundan tashqari, ushbu musobaqa vaqtida Osiyo sambo uyushmasining yillik Kongressi va saylov-konferenciyasi ham tashkil etiladi. 

Yig'ilish davomida O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov ham so'zga chiqib, bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi va ushbu musobaqa yuqori saviyada tashkil etilishi haqida gapirdi

O'z navbatida, O'zbekistonda samboni yanada rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar Osiyo sambo uyushmasi prezidenti tomonidan alohida etirof etildi. 

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing