So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

24 fev 22:10
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi eng yaxshi hudud deb topildi. Eng yaxshi tashkilotchi?!

Teglar :  Boshqarma
Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi eng yaxshi hudud deb topildi.

Malumki, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 yanvardagi “Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 6-sonli qaroriga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tanlov o'tkazish belgilangan edi.

Unga ko'ra, tashkilotlarning barcha bo'linmalarida tashkil etilgan sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini muntazam ravishda o'tkazganligi hamda aholining keng qatlamlari o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun nominaciyalari bo'yicha g'oliblar aniqlandi.

Tanlov ikkita yo'nalish bo'yicha o'tkazildi. “Tashkilotlarning barcha bo'linmalari miqyosida tashkil etilgan sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini muntazam ravishda o'tkazganligi” nominaciyasida g'olibni aniqlashda quyidagi mezonlarga jiddiy etibor qaratildi:

  • xodimlarning ish vaqti davomida 3 mahal ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shug'ullanishi;
  • tashkilotlar tizimidagi muassasalar o'rtasida ommaviy sport musobaqalari tashkil etilganligi;
  • aholining keng qatlamlari o'rtasida sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etganligi;
  • tashkilotlarda ommaviy sportni targ'ib qilish va xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida tegishli hujjatlar ishlab chiqilganligi;
  • tashkilotlarning Internet jahon axborot tarmog'idagi veb-saytlarida sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi roliklar joylashtirilganligi;
  • tashkilotlarda xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishlari uchun maxsus sport komplekslarini (trenajyor, fitnes zallar va boshqalar) tashkil etilganligi.

Kezi kelganda takidlash kerak, negadir korxona-tashkilotlar, qolaversa davlat va xo'jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tanlovga u qadar jiddiy yondashmadi. Tanlov g'oliblarini aniqlashda Hakamlar hayati bazi kamchiliklarga ko'z yumishdi ham. Natijada mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar o'rtasida o'tkazilgan “Tashkilotlarning barcha bo'linmalari miqyosida tashkil etilgan sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini muntazam ravishda o'tkazganligi uchun” nominaciyasida Toshkent viloyati tomonidan tavsiya etilgan “Maxam-Chirchiq” akcionerlik jamiyati g'olib, deb topildi. Ular 100 ballik tizimda 85 ball jamg'arishdi. Navoiy viloyatidan tavsiya etilgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi esa 65 ball bilan ikkinchi bo'ldi. Kuchli uchlikni Qashqadaryo viloyati nomzodi yakunlab berdi.

“Aholining keng qatlamlari o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun” nominaciyasida g'oliblik uchun vazirlikning hududiy boshqarmalari kurash olib borishdi. Ushbu nominaciyada ham g'olib 100 ballik tizimda aniqlandi. Bunda 1-o'rinni 65 ball bilan Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi egallagan bo'lsa, kuchli uchlikdan Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari joy olishdi.

SHuningdek, tanlov g'oliblarini aniqlashda tashkilot rahbarlarining jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish yo'lida amalga oshirgan ishlari ham inobatga olindi.

2019 yil yakunlari bo'yicha tanlov g'oliblari “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni hamda O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. G'oliblarni tantanali taqdirlash marosimi esa yaqin kunlarda vazirlik binosida o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing