So’nggi yangiliklar

11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0 10:14Португалия терма жамоаси Жезуш билан низодан сўнг Роналдунинг 980-голи фонида муносабат билдирди 0 09:43Жавоҳир Синдаров - Гукеш Доммаражу: ўйинларнинг тўлиқ тақвими расман маълум бўлди 0 09:04UFC Fight Night 290 тарози натижалари: уч жангчи вазн қила олмади, улардан бири ортиқча 3,4 кг тош босди 0 08:33Деонтей Уайлдер шу йил енгилмас жаҳон чемпиони билан жанг қилиши мумкин 0 08:02Терма жамоамиз Марокашга мағлуб бўлди 0 19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0

30 okt 19:54
Yangiliklar

Sambo

Toshkent shahrida sambo bo'yicha tashkil qilingan fleshmobdan video taqdim etildi

Teglar :  Sambo
Poytaxtimizda sambo bo'yicha fleshmob bo'lib o'tdi.

Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo'yicha 4 sentyabr kuni o'tkazgan videoselektor yig'ilishida soha taraqqiyoti bo'yicha qator ustuvor vazifalar belgilab bergan edilar. 

Ushbu vazifalar ijrosini taminlash maqsadida 15 oktyabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasida sambo sportini rivojlantirish yo'lida “Biz sport tarafdorimiz” shiori ostida katta fleshmob o'tkazildi.

Yuzlab sport fidoiylarini o'zida jamlagan ushbu tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashining azolari, O'zbekiston sambo federaciyasi mutasaddilari ham ishtirok etib, samboning yurtimizda jadal suratlarda rivojlanayotgani, o'z navbatida, vakillarimizning xalqaro musobaqalarda qayd etayotgan yuqori natijalari xususida to'xtalib o'tishdi. Poytaxtimizda yakunlangan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining yuqori saviyada tashkil etilgani, terma jamoamiz esa umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgani yuqoridagi fikrlarning yaqqol isboti bo'lib turibdi.

Fleshmobda kattalar terma jamoasi, shuningdek, Toshkentda o'tkazilgan jahon chempionati qahramonlari ham ishtirok etishdi. Ayniqsa, maydonda o'z mahoratlarini namoyish qilib turgan yosh sambochilarning ajoyib harakatlari hech bir insonni beetibor qoldirmadi.

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing