18 apr 19:20
Yangiliklar
Sambo
Toshkent shahrida yosh sambochilar bellashuvi + FOTO
17 aprel kuni poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 2-sonli BO'SMda sambo bo'yicha 2007 - 2008 hamda 2009 - 2010 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida musobaqa tashkil etildi.
Bellashuvlarda Toshkent shahrining 11 ta jamoasi sambochilari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi.
2007-2008 yillar o'rtasidagi musobaqa 35, 38, 42, 46, 50, 54, 59, 65 +65 kg vazn toifalarida o'tkazilgan bo'lsa, 2009-2010 yillarda tug'ilgan sambochilar o'rtasidagi bahslar 31, 34, 38, 42, 46, 50, 55, 60, +60 kg vazn toifalarida tashkil etildi.
Bellashuvlar xalqaro sambo federaciyasi qoidalari asosida tashkil etildi.
Musobaqa yakunida sovrindor sportchilarga medal va diplomlar topshirildi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar