10 mar 17:17
Yangiliklar
Tennis

Toshkent turniri g'olibi dunyoning 10-raketkasini mag'lub etdi
Dunyoning o'ninchi raketkasi Stefanos Cicipas kutilmaganda Indian-Uells turniridagi ishtirokini yakunladi.
Greciyalik tennischi “Masters” seriyasiga kiruvchi turnirning ikkinchi davrasida kanadalik Feliks Ojega imkoniyatni boy berib qo'ydi. Reytingning 58-pog'onasidan joy olgan Feliks kuchli raqibini 6/4, 6/2 hisobida dog'da qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, kanadalik 18 yoshli Oje o'tgan yili poytaxtimizda o'tgan “Toshkent CHellenjer” turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi. Endi Feliks BNP Paribas Open musobaqasining uchinchi bosqichda yaponiyalik Yosixito Nisiokaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar