09 sen 13:05
Yangiliklar
Toshkentda "Mustaqillik marafoni" tashkil etildi
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi va ProRun sport maktabi tomonidan tashkil qilingan marafonda 16 yoshdan katta bo'lgan sportchilar 10 kilometr masofaga yugurish bo'yicha bahs olib bordilar.
Marafon ishtirokchilari ertalab soat 7:00da Nukus ko'chasida yig'ildilar. Start 9:00da boshlandi. Ishtirokchilar "Paxtakor" stadionida joylashgan marragacha yugurib borishdi.
Marraga etib kelgan dastlabki 300 nafar sportchi eksklyuziv medallar bilan taqdirlandi. G'olib va sovrindorlarga atalgan esdalik sovg'alari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SHarifjon Mo'mindjanov hamda boshqalar tomonidan topshirildi.
Fikrlar