So’nggi yangiliklar

17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0

27 may 14:10
Yangiliklar

Dzyudo, Boshqalar

Toshkentda paralimpiya dzyudosi bo'yicha Osiyo va Okeaniya chempionati bo'lib o'tmoqda

Teglar :  DzyudoParalimpiya
Kecha Toshkent shahrida paralimpiya dzyudosi bo'yicha Osiyo va Okeaniya chempionati start oldi.

Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida ilk marotaba paralimpiya dzyudosi bo'yicha 2020 yil Tokioda bo'lib o'tadigan yozgi Paralimpiya o'yinlariga reyting ochkolarini beradigan Osiyo va Okeaniya chempionati boshlandi.

Ushbu musobaqada Osiyoning eng kuchli Eron, Janubiy Koreya, Hindiston, Iroq, Tojikiston, Xitoy Taypey, Tayland, Qozog'iston va jahonning eng kuchli jamoasi hisoblanadigan O'zbekiston jamoalari ishtirok etmoqdalar.
Musobaqaning ochilish marosimida estrada yulduzlari, bolalar va milliy raqs ansambillari o'z dasturlari bilan ishtirok etdilar. Ochilish marosimida O'zbekiston Milliy Paralimpiya Associaciyasi raisi o'rinbosari

Tashxodjaev Muxtorxon so'zga chiqib barcha ishtirokchilarni bugungi musobaqa bilan tabrikladi va chempionatni ochiq deb elon qildi.

26 may holatiga ko'ra ayollar vaznlarida:
-48 kg 1-o'rinni Komilova Yoqutxon (O'zbekiston), 2-o'rinni Lee Kay Lin (Xitoy Taypey), 3 o'rinni Xurramova Lobar (O'zbekiston) egalladilar.
-52 kg 1-o'rinni Sallaeva Sevinch (O'zbekiston), 2-o'rinni Vongchongpxu Metxini (Tayland) egalladi.
-57 kg 1-o'rinni SHeripboeva Nafisa (O'zbekiston), 2 o'rinni Kxvayngmuyang Aitsarapxon (Tayland) egalladi.

Erkaklar vaznlarida:
-60 kg 1-o'rin Rio-2016 Paralimpiya o'yinlari chempioni Namozov SHerzod (O'zbekiston), 2-o'rin Li Min Jay (Janubiy Koreya), 3-o'rin Banitaba Xoram Abadi Seyed Meysam (Eron), 3-o'rin Jang Seongjin (Janubiy Koreya) egalladi.
-66kg 1-o'rin Raxmati Sayid (Eron), 2-o'rin Turumbetov Azamat (Qozog'iston), 3-o'rin Singx Jaydipkumar Xridaya (Xindiston), 3-o'rin Tuymuradov Adizjon (O'zbekiston) egalladi.
-73 kg 1-o'rin Sayidov Feruz (O'zbekiston), 2-o'rin Karamatov Davruxon (O'zbekiston), 3-o'rin Daulet Temirjan (Qozog'iston), 3-o'rin Yang Syungjun (Janubiy Koreya) egalladi.

Bugun ayollar -63kg, -70kg: erkaklar -81kg, -90kg, -100kg, +100kg vaznlarda bahslar bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing