08 iyu 08:33
Yangiliklar
Xokkey

Toshkentda tug'ilgan xokkeychi Artur Kaliev Rossiyaga kelishdan bosh tortdi va NHL'ning "Ottava" klubi bilan shartnoma imzoladi
Bu haqda "Xe - Xokkey!" nashri xabar berdi.
"Hujumchi Artur Kaliev o'jarlik bilan takliflarni rad etishda davom etmoqda, u KXL variantini yana bir bor etiborsiz qoldirdi. Artur "Ottava" bilan shartnoma imzolaydi", deyiladi xabarda.
SHundan so'ng, Kalievning "Ottava Senatorz" klubi bilan shartnoma imzolagani malum bo'ldi. Kelishuv bir yilga mo'ljallangan.
Malumot uchun, 24 yashar Artur Kaliev Toshkentda tavallud topgan. U Amerika Milliy xokkey Ligasining "Nyu-York Reynjers" klubi azosi edi. Biroq joriy yil yanvar oyida tomonlar o'rtasidagi kelishuv bekor qilingan.
Havola :
Manba : t.me/h_hockey
Fikrlar