So’nggi yangiliklar

20:18Ўсмир боксчиларимиз ҳам Осиё чемпионатини умумжамоа ҳисобида биринчи ўринда якунлашди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:22Сарвар Зафаржонов Осиё чемпиони! 0 19:01Игорь Сергеев терма жамоа машғулотлари ҳақида: "Жисмоний жиҳатдан юқори юкламалар бериляпти" 0 18:39"Отаси миллиардер бўлсада, дангаса эмас". Эксперт Царукян ҳақида гапирди 0 18:17"Жуда ҳайронман". Имавов Чимаевнинг мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0 17:52"Ҳали 100 фоиз эмас". Усик келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:26"Барселона"нинг ёзги асосий транфер мақсади маълум 0 17:01"Афсуски, бу амалга ошмайдиган кўринади" - Нганну Жонс билан жанг ҳақида гапирди 0 16:48Қарши ОПСТТМ ходимлари ва спортчиларининг пойтахтга сафари самарали бўлди 0 16:39Жейк Пол Дана Уайт ўзига тақиқ қўйганини айтди 0 16:22БУММ! Рамазон Темиров UFC чемпионлиги учун собиқ даъвогар билан жанг қилади, рақиб топ-10дан! 0 16:16Чимаев қанча муддатга жанглардан четлатилгани аниқ бўлди 0 15:51Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Осиё Кубогининг навбатдаги баҳсида ишлайди 0 15:27Фрэнсис Нганну: "Мен MMA тарихидаги энг яхши жангчиман" 0 15:05Афсонавий Гарри Каспаров Синдаровни яна бир афсонага қиёслади 0

10 dek 16:16
Yangiliklar

Transfermarkt va Championat.asia 2025 yilning eng yaxshilarini aniqlashdi

Teglar :  Superliga
Ikki sayt hamkorligi doirasida mavsumning ramziy jamoasi, eng yaxshi futbolchisi, eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi darvozaboni va eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi.

So'rovnomada Championat.asia ijodkorlari va Transfermarkt rus bo'limi xodimlari ishtirok etdi.

Umumiy ramziy terma jamoa quyidagicha ko'rinish oldi:
Darvozabon: Vladimir Nazarov ("Paxtakor")
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Anvarjon G'ofurov ("Neftchi"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), SHerzod Nasrullaev ("Nasaf")
Yarim himoyachilar: Ikrom Aliboev ("Neftchi"), Bashar Resan ("Paxtakor"), Jamshid Iskanderov ("Neftchi")
Hujumchilar: Xurshid G'iyosov (OKMK), Lyupcho Doriev ("So'g'diyona"), Igor Sergeev ("Paxtakor").



Individual sovrinlar quyidagilarga nasib qildi: 

So'rovnoma natijalariga ko'ra, Igor Sergeev mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. “Paxtakor” hujumchisi mavsum davomida 29 ta o'yinda raqiblar darvozasiga 20 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Aynan u chempionat to'purari ham bo'ldi. Uning jamoadoshi Hojiakbar Alijonov ikkinchi o'rinni oldi. Uchinchi pog'onaga "Neftchi" bilan chempionlikka erishgan Jamshid Iskanderov joylashdi.


Vitaliy Levchenko mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. "Neftchi" uning qo'l ostida 24 yillik tanaffusdan keyin yana O'zbekiston chempioni bo'ldi. "Paxtakor" ustozi Kamoliddin Tojiev ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rinni "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov band etdi.



"SHerlar" posboni Vladimir Nazaraov Superligada mavsumning eng yaxshi darvozaboniga aylandi. U ramziy termamizdan ham joy oldi. Nazarov 22 ta o'yinda maydonga tushib jami 11 ta to'p o'tkazib yubordi va 15 ta bahsda gol o'tkazmadi. Ovoz berish natijalariga ko'ra, Botirali Ergashev ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi qatordan "Qo'qon-1912" darvozaboni Azizxon Isaqov joy oldi.


"Surxon" hujumchisi Rustam Turdimurodov mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'ldi. 21 yoshli futbolchi birinchi davrani "Andijon" safida o'tkazdi. U Superligada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma sohibiga aylandi. Turdimurodov nafaqat Superligada, U-23 Osiyo kubogi saralashida ham ishonchli o'yin ko'rsatdi va 4 ta gol urdi. OKMK vakili Nodir Abdurazzoqov ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rin "Dinamo"ning 19 yoshli futbolchisi Oybek O'rmonjonovga nasib etdi.



O'zbekistonning mamlakat tashqarisidagi eng yaxshi futbolchisi Eldor SHomurodov bo'ldi. 30 yoshli hujumchi bu yilni "Roma"da boshladi va Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubida tugatmoqda. Terma jamoamiz sardori Rim klubida 2025 yilda barcha musobaqalarda 24 ta bahsda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. "Bashakshehir" safida 21 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma sohibiga aylandi. Eldor bu yil terma jamoa bilan Jahon chempionatiga chiqdi, CAFA va Al Ain turnirlari g'olibiga aylandi. Milliy jamoa libosida 10 ta uchrashuvda 2 ta to'p kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing