So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

20 noy 14:43
Yangiliklar

Boshqalar

Trenerlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun ruxsatnoma berish mexanizmi soddalashtirilib, trenerlarning maoshi oshiriladi

Teglar :  Murabbiy
Bugun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O'zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori elon qilindi.

Mazkur hujjat O'zbekistonda trenerlik faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan trenerlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun ruxsatnoma berish mexanizmini soddalashtirish, sport turlari bo'yicha trenerlar mehnatiga haq to'lashning bazaviy miqdorini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari bazasida har 5 yilda attestaciyadan o'tkaziladi.
SHuningdek, qaror bilan bolalar va o'smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va o'smirlar sport maktabi, oliy mahorat sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi, respublika oliy sport mahorati maktablarining direktorlari, direktor o'rinbosarlari, trener, instruktor-metodistlari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining trener, instruktor-metodistlari mehnatini munosib rag'batlantirish belgilandi.

Unga ko'ra, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport maktablari hamda maktab-internatlari xodimlari mehnatiga haq to'lashning bazaviy tarif stavkalari 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

direktor va direktor o'rinbosarlariga – 1,35 baravarga;
trenerlar, instruktor-metodistlariga – 1,35 baravarga oshirildi.

Savol tug'iladi: Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori mamlakat sporti rivojiga nima beradi?

Birinchi navbatda ushbu qaror orqali barcha sport maktablari va maktab-internatlari xodimlarining maoshlari sezilarli darajada oshirildi. Bundan ruhlangan trener va instruktor-metodistlar endilikda ishiga yanada jiddiy masuliyat bilan yondashadi. Tabiiyki bundan faqat sportimiz yutadi.

Ikkinchidan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari ilgari oliygohni tugatgach, trenerlik faoliyatini boshlashi uchun attestaciyadan o'tishi, eng yomoni, buning uchun pul to'lashi majburiy edi. Endi esa O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari to'g'ridan-to'g'ri trenerlik sertifikatiga ega bo'lishadi.

Qarordagi yana bir muhim jihat, endi trenerlar attestaciyadan har besh yilda o'tishadi. Ilgari esa trener va instruktor-metodistlar har uch yilda attestaciyadan o'tishlariga to'g'ri kelardi.

SHuningdek, qarorda yana bir qator imtiyozlar ko'zda tutilganki, bular faqat va faqat o'zbek sporti taraqqiyotiga xizmat qiladi, deb baralla aytish mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing