10 iyu 11:19
Yangiliklar
Boshqalar
“Faxriy murabbiy” ordeni tasis etildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2020 yil 9 iyun kuni O'RQ–622-sonli “Faxriy murabbiy” ordenini tasis etish to'g'risida”gi Qonunni imzoladi.
Qonun bilan “Faxriy murabbiy” ordeni tasis etildi va orden to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.
“Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni yot g'oyalardan asrash, yosh avlod vakillarida faol fuqarolik poziciyasi va mafkuraviy immunitetni, tashabbuskorlik, fidoyilik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga hissa qo'shgan O'zbekiston fuqarolari mukofotlanadi.
Ushbu orden bilan mukofotlangan shaxslar BHMning 40 baravari (8 mln 920 ming so'm) miqdoridagi bir martalik pul mukofotini oladi va qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.
Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar