So’nggi yangiliklar

15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0

20 may 20:41
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan tashkil etilgan "Eng yaxshi onlayn murabbiy" tanlovi g'olibi taqdirlandi

Yodingizda bo'lsa, bundan bir necha oy oldin O'zbekiston boks federaciyasi murabbiylar uchun "Eng yaxshi onlayn murabbiy" tanlovi elon qilingandi.

Ushbu tanlovimizda ko'plab professional va havaskor murabbiylar o'z omadlarini sinab ko'rishdi. Tabiiyki tanlov uchun kelib tushgan videolar ichidan g'olibni aniqlab olish O'zbekiston boks federaciyasi tanlov komissiyasi uchun oson bo'lmadi. Uzoq muhokamalardan so'ng Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi sport maktabida faoliyat olib borayotgan Otabek Qosimov birinchi o'rinni egalladi. 

Bugun O'zbekiston boks federaciyasi binosida murabbiyni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Unda O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati ham qatnashib, murabbiyni erishilgan yutuq bilan tabrikladi. Bunday tanlovlar boksni yanada ommalashtirish uchun o'z hissasini qo'shishi alohida takidlandi. Tanlovimiz g'olibiga pul mukofoti va sertifikat taqdim etildi.

"To'g'risini aytsam, tanlovda g'olib chiqishimni kutmagandim. Bir necha kun oldin men bilan aloqaga chiqib, ushbu konkurs g'olibi bo'lganimni aytishdi. Tanlovda ko'plab murabbiylar qatnashishdi. Omad men tomon kulib boqdi va yakunda birinchi o'rin menga nasib etdi. Fursatdan foydalanib, tanlov tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'taman", - dedi Otabek Qosimov. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing