So’nggi yangiliklar

17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0

22 iyu 12:34
Yangiliklar

Boshqalar

Triatlon. Andrey SHaripov Qozog'istondagi musobaqada g'alaba qozondi

Teglar :  Triatlon
2019 yil 20-21 iyul kunlari Qozog'iston Respublikasining triatlon bo'yicha V yozgi Spartakiadasi o'tkazildi.

Spartakiada doirasida havaskorlar o'rtasida "Temiradam" kubogining VII bosqichi bo'lib o'tdi. Nur-Sulton, CHimkent, Moskva, Toshkent va Qarag'anda viloyatidan kelgan 38 nafar individual sportchi va 2 ta 'stafeta jamoasi sprint - 750 metr suzish, 20 km velopoyga va 5 km yugurish masofalarini bosib o'tdilar.

O'zbekistonlik Andrey SHaripov ushbu musobaqada eng yaxshi natijani ko'rsatdi (1 soat 2 daqiqa 30 soniya) va birinchi o'rinni egalladi. Ayollar o'rtasida "Temiradam" kubogi 2018 g'olibi Assel Sadvokasova (Nur-Sulton) eng yaxshi vaqtni qayd etdi: 1 soat 23 daqiqa 7 soniya. Aytib o'tish joiz, Andrey SHaripov va Assel Sadvokasova ikki yil ketma-ket "Temiradam" kubogining Qarag'anda bosqichida g'olib bo'lishdi. Ikkala sportchi ham 2018 yilgi musobaqaning umumiy hisobi bo'yicha g'olib bo'lgan edi. Jamoa bellashuvida 1 soat 11 daqiqa 6 soniya natijasi bilan Qarag'anda viloyatidagi Drive jamoasi birinchi o'rinni egalladi.

"Temiradam" triatlon kubogi - triatlon va sog'lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida o'tkaziladigan havaskorlar o'rtasidagi Qozog'iston milliy triatlon musobaqasi.

Eslatib o'tamiz, bu musobaqalarda Andrey SHaripovning ikkinchi g'alabasidir. Avvalroq, 2019-yil 12 va 26 may kunlari Taraz va SHimkent shaharlarida bo'lib o'tgan "Temiradam" kubogining ikkinchi va uchinchi bosqichlarida Andrey SHaripov birinchi o'rinni egallagan edi. SHuningdek, Andrey 2019-yil 5 mayda o'tkazilgan "Triatlon Sprint Tashkent" birinchi triatlon musobaqasi g'olibi. U joriy yilning 14 iyulida "IRONMAN" Astana 70.3 musobaqasida 30-34 yosh guruhida to'rtinchi o'rinni egalladi va 2020 yil 28-29 noyabr kunlari Taupo shahrida (Yangi Zelandiya) bo'lib o'tadigan 2020 yil IRONMAN 70.3 jahon chempionatida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston triatlon federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing