So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

22 may 16:57
Yangiliklar

Boshqalar

Triatlon bo'yicha mamlakat chempionatida g'oliblar aniqlandi

Teglar :  Triatlon
Navoiy shahrida olimpiya oilasiga kiruvchi triatlon bo'yicha O'zbekiston birinchiligi hamda chempionati bo'lib o'tdi.

Dastlab startga kirishgan 15-17 yoshli sportchilar o'rtasida poytaxtlik triatlonchilarning qo'li baland keldi. Kamron Xadjaev belgilangan masofani suzish, velosport va yugurush bahslari orqali 37 daqiqa 28 soniyada bosib o'tdi. Ruslan Safin esa undan 1 daqiqa 10 soniya ortda qoldi. Navoiylik Kiril Kisilev 39 daqiqa 11 soniya vaqtni ko'rsatdi.

SHu yoshdagi qizlar musobaqasida navoiylik Sevara Suyarova birinchi (41,56), qashqadaryolik SHahlo Boboqulova ikkinchi (44, 36), yana bir mezbon sportchisi Zulayho Nurillaeva uchinchi o'rinni (45, 08 vaqt bilan) egalladi. Mazkur yosh toifasida umumjamoa hisobida Navoiy viloyati vakillari birinchi, Toshkent shahri sportchilari ikkinchi, Qashqadaryolik triatlonchilar uchinchi o'ringa ega bo'lishdi.

SHuningdek, O'zbekiston chempionligi va terma jamoa tarkibidan o'rin egallash uchun 20 yoshli va undan katta bo'lgan sportchilar startda jam bo'lishdi. Musobaqada ishtirokchilar dastlab 1500 metr masofani suzib o'tishlari, so'ngra qirq kilometr masofadagi velopoygada etakchi bo'lish uchun intilishlari va nihoyat 10 kilometr masofani yugurib o'tishlari talab etildi. Natijalarga ko'ra xalqaro toifadagi sport ustasi Javohir Yunusov 1 soat 51 daqiqa 36 soniya bilan birinchi o'rinni qo'lga kiriti. Ikinchi va uchinchi o'rinlar toshkentlik Aleeksandr Kurishov hamda SHoxrux Yunusovlarga nasib etdi.

Ayollar o'rtasidagi musobaqalarda samarqandlik Dildora Xudoynazarova bahslarni 2 soat 23 daqiqa 20 soniya bilan birinchi bo'lib yakunladi. Ikkinchi o'rin poytaxtlik Latofat Sodiqova (2 soat, 23 daqiqa, 48 soniya), uchinchi o'rinni Toshkent viloyati vakilasi Xayotxon Abdumannopova (2 soat, 33 daqiqa 59 soniya) egalladi. CHempionatda umumjamoa hisobida Toshkent shahri vakillari birinchi, andijonlik triatlonchilar ikkinchi, Samarqand viloyati sportchilari uchinchi o'rinni band etishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing