29 noy 16:42
Yangiliklar
Boshqalar

Triatlonchilarimiz Xitoydagi musobaqada ishtirok etishadi
O'zbekistonlik triatlonchilar Xitoydagi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazdilar
Triatlon bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Viktor Zemcev boshchiligidagi 10 nafar sportchi Tailandda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishdi. Triatlonchilar 30 noyabr kuni Xitoyning SHantou shahrida bo'lib o'tadigan musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishdi.
Triatlonchilar Aleksandr Kurishov, Aleksandr Reshetnikov, Doniyorxo'ja Hamroev va SHohrux Yunusov "Elite men" kategoriyasida Osiyo kubogida ishtirok etadilar. Musobaqada dunyoning 10 mamlakatidan 31 sportchi o'zaro kuch sinashadi. Ular quyidagi bosqichlardan iborat bo'lgan Olimpiya masofasini bosib o'tadilar: 1,5 km suzish, 40 km velosiped poygasi va 10 km yugurish.
Havola :
Fikrlar