19 fev 15:30
Yangiliklar
Tennis

Tsonga faoliyatidagi 400-g'alabasini qo'lga kiritdi
31 yoshli franciyalik tennischi Jo Uilfrid Tsonga (6) Rotterdamdagi turnir davomida o'zining faoliyatidagi 400-g'alabasini qo'lga kiritdi.
Tomash Berdix ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng u Rotterdamdagi turnir finalida belgiyalik David Goffinga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Gollandiyadagi ushbu ATR turnirida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etgan va ikkinchi bosqichda bolgariyalik Grigor Dimitrovga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : atpworldtour.com
Fikrlar