So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

31 may 07:42
Yangiliklar

Futbol

Turkiya O'zbekiston bilan o'yin oldidan Greciyani mag'lub etdi FOTO

Teglar :  Turkiya
Turkiya terma jamoasi 2 iyun sanasida O'zbekiston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishidan xabaringiz bor.

Kecha esa turklar Greciya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Biroz avval yakuniga etgan bahsda bo'lajak raqiblarimiz greklarni 2:1 hisobida taslim qilishdi. Antalyadagi "Antalya stedium"da o'tgan bahsda mezbonlardan gollarga "Roma" vakili Jengiz Under va Kenan Karaman mualliflik qilgan bo'lsa, Dimitros Kurmpelis 90+3 daqiqada javob to'pini kiritdi. Endi SHenol Gunesh jamoasini Kuper boshchiligidagi terma jamoamizga qarshi bellashuvga tayyorlaydi.


O'rtoqlik uchrashuvi

30.05.2019

"Antalya stedium"

Turkiya - Greciya 2:1

Gollar: J.Under 11, K.Karaman 17- D.Kurmpelis 90+3

Turkiya: Ugurjan CHaqir - CHaglar Soyundju, Kaan Ayxan, Nozim Sangare, Umut Merash - Kenan Karaman (Abdulqodir Omur, 46), Ozan Tufan (Og'uzxon O'zyakup, 46), Jengiz Under (Emre Belezog'lu, 80), Yusuf Yazichi (Irfan Qahveji, 46), Okay Yokushlu (Mahmut Tekdemir, 61) - Jenk Tosun (Guven Yalchin, 56).

Greciya: Aleksandros Pasxalakis - Valeryanos, Kutris, Kurbelis - Fortunis, Pelkas, Masuras, Mavrias, Siopis - Kuluris, Samaris.


Bugun Turkiya terma jamoasi himoyachisi Nozim Sangare 25 yoshga to'ldi. Terma jamoa delegaciyasi esa Nozim uchun maxsus tort tayyorlatishdi.


Sangare tortni terma jamoa bosh murabbiyi SHenol Gunesh bilan birga kesdi.


Ramziy manoda tortning birinchi bo'lagini Turkiya terma jamoasi afsonasi va sardori Emre Belozog'lu Nozimga edirib qo'ydi.


Ushbu kichik tadbir tushgacha tashkillashtirilgan edi. Kechqurun esa Gunesh Sangareni asosiy takribda maydonga tushirdi va u 90 daqiqa maydonda to'p tepdi.


Darvoqe, bugun aynan Nozim Sangare, shuningdek darvozabon Ugurjon CHaqir va Umut Merash Turkiya terma jamoasidagi debyutlarini o'tkazishdi. Bundan tashqari, 2-bo'limda maydonga tushganlardan Abdulqodir Omur va Guven Yalchin ham birinchi bor terma jamoa libosida maydonga tushishdi.



Endi Turkiya terma jamoasi O'zbekistonga qarshi 2 iyundagi bahsga tayyorgarlikni boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ertaga kechga yaqin Turkiyaning Alanya shahriga etib keladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing