06 avg 17:37
Yangiliklar
Futbol

Turkiya terma jamoasi futbolchisi Franciya klubiga o'tdi
Yusuf Yaziji faoliyatini Franciya chempionatida davom ettiradi.
"Lill" Nikolya Pepedan so'ng yarim himoyachi poziciyasini turkiyalik futbolchi bilan kuchaytirib oldi. 22 yoshli futbolchi shu paytgacha Turkiyaning "Trabzonspor" klubi sharafini himoya qilayotgan edi.
Bitim 16,5 million evroga baholanmoqda. Futbolchi klub bilan 2024 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan. Yusuf Turkiya terma jamoasidagi debyutini 2017 yil yozida o'tkazgan. U umumiy terma jamoa safida 14ta bahsda maydonga tushgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar