29 noy 09:03
Yangiliklar
Tennis

Turkiyalik muxlis o'yin paytida SHarapovaning qo'lini so'radi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova mavsumlar oralig'idagi tanaffus chog'ida turli ko'rgazmali turnirlarda ishtirok etyapti.
Ana shunday uchrashuvlarning biri Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tdi. Mezbon tennischi CHagla Buyukakchayga qarshi kechgan uchrashuv chog'ida qiziq holat ro'y berdi.
Sinan Erdem Dome arenasida o'tirgan muxlislardan biri Mariyaning qo'lini va yuragini so'radi. “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqalarning besh karra g'olibasi bu xitobga qarata “Balki, hamma narsa bo'lishi mumkin”, deb javob berdi.
Havola :
Fikrlar